Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMAN KENGASHINING OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya ishida deputatlar tomonidan quyidagi 6 ta masala ko'rib chiqildi:

1. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

2. O‘zbekiston Davlat san'at va madaniyat institutida tahsil olayotgan Zomin tuman madaniyat bo‘limi hodimlarining ta'lim kontrakt to‘lovlari uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

3. Mahallalardagi aholi gavjum joylar va ko‘chalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida hamda;

4. Tumanda mahalla ma'muriy binolarini barpo etish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

5. Zomin tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

6. Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar deputatlar tomonidan muhokama qilinib, tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.

Slide 1 of 8