Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🛡 Jinoyatchilikning oldini olish — xavfsiz va osoyishta jamiyat garovi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat, tuman hokimi Z.Nizomiddinov tumandagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish maqsadida profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.

🔎 Uchrashuvda “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikning oldini olish hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonunining tumandagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

🤝 Mas’ullarga profilaktika ishlarini kuchaytirish va aholi bilan manzilli ishlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3