⚖️ Huquqiy savodxonlik — huquq va manfaatlar kafolati!
Bo‘ston mahallasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlarini bilishi hamda qonuniy imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Yuchiyev, Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov, tuman adliya bo‘limi hamda “Madad” NNT vakillari ishtirok etdi.
🤝 Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📚 Huquqini bilgan fuqaro — o‘z kelajagini ishonch bilan quradi!
Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolar bilan samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.