Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏗 Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Shaxmayev, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov hamda Kotibiyat mudiri Q.Bobojonov ishtirokida Bobur Mirzo mahallasida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan investitsiya loyihasining qurilish jarayoni o‘rganildi.

📍 O`rganishda loyihaning amalga oshirilish holati, yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusidagi istiqbollar atroflicha ko‘rib chiqildi.

👥 Mazkur loyiha, avvalo, mahalla aholisini ish bilan ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

🤝 Yangi ish o‘rinlari — yangi imkoniyatlar, yangi imkoniyatlar esa farovon hayot demakdir!

Slide 1 of 5