Yangiliklar

Tuman mahalla uyushmasida sessiya qarori ijrosi o‘rganildi

Tuman mahalla uyushmasida sessiya qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari tuman Kengashi deputati S. Moʻysinaliyeva hududidagi A.Navoiy mahallasida joylashgan tuman Mahallalar uyushmasi bo‘limi rahbarining hisoboti yuzasidan tuman Kengashining 22-sessiyasi (VII-22-55-6-84-K/26) qarori ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida sessiya qarorida belgilangan vazifalarning mahallada amaliy jihatdan bajarilishi, fuqarolar bilan ishlash tizimi, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla hududida aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda bandlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3