Yangiliklar

MEHNAT MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI

MEHNAT MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 15-saylov okrugi deputati Ochilov Jamshid Ubaydullayevich tomonidan Mehnat mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi.

✅ Ishchi guruh tarkibiga:
🔹 MFY raisi — Usmonov Nuriddin Shoniyozovich;
🔹 hokim yordamchisi — Abdug‘aniyev Shoxrux Akramovich;
🔹 xotin-qizlar faoli — Diyorova Gulmira Quchqorovna;
🔹 ijtimoiy xodim — Abdujalilova Maftuna O‘ktamovna;
🔹 otinoyi — Elmurodova Xoljan;
🔹 nuroniy — Xolmurodov Ubaydulla Yusupovich;
🔹 nuroniy — Mardiyev Sayfulla kiritildi.

🔎 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, ishsiz fuqarolarni aniqlash va bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib boriladi.

🏠 Shuningdek, mahalladagi mavjud ijtimoiy infratuzilma muammolarini aniqlash, ularni manzilli hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.

🤝 Maqsad — har bir oilaning muammosini o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholini kambag‘allikdan chiqarishga amaliy ko‘maklashish.

📍 Deputat nazorati — mahallada, hamkorlik — amalda, natija — aholi hayotida!