Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Baxromov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining VM-300-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan tumandagi ko‘p qavatli uy-joylarda olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning texnik va umumiy holati, ularni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati hamda aholiga yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
☀️ Shuningdek, uy-joylarda energiya samaradorligini oshirish, quyosh panellaridan foydalanish, issiqlik va issiq suv ta’minotini yaxshilash, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.
🏗 Bundan tashqari, ko‘p qavatli uylarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, fasad qismlarini ta’mirlash, kirish yo‘laklarini tartibga keltirish, domofon va kuzatuv kameralarini o‘rnatish, uy atroflarini obodonlashtirish hamda bolalar maydonchalari va avtoturargohlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar nazoratdan o‘tkazildi.
📋 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ishlarni belgilangan talablar asosida davom ettirish hamda aholiga qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
🏘 Ko‘p qavatli uy-joylarni modernizatsiya qilish va obodonlashtirish ishlari aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, uylarning infratuzilmasini rivojlantirish va hududlarning yanada obod ko‘rinishga kelishiga xizmat qilmoqda.