#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #seminar
DEPUTATLARNING MAHALLALARDAGI FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
📈 Bugun, Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
📇 Seminarda aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, mahallalardagi muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🧠 Shuningdek, deputatlarning aholi, «mahalla yettiligi», faollar va mas’ul tashkilotlar bilan tizimli ishlashi, aniqlangan muammolarni tegishli Kengash muhokamasiga olib chiqish va ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
💼 Mazkur seminarda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassislari Umidbek Abilov va Zarnigor Kuziyeva Zoom platformasi orqali ishtirok etdilar.