Deputatlar faoliyatidan
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda deputatlar O. Artiqova va D. Sattarovalar Iqbol mahallasida bo‘lib, hududdagi bolalar o‘yingohlarini ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish jarayonida bolalar maydonchalaridagi mavjud sport va o‘yin jihozlarining holati, ularning zamonaviy talablarga javob berishi hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi sharoitlar yaqindan tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va maydonchalarni yanada obodonlashtirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.