35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

💦Arg‘in-Sada MFY hududidagi suv minorasi holati o‘rganildi

💦Arg‘in-Sada MFY hududidagi suv minorasi holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan Arg‘in-Sada MFY hududida joylashgan suv minorasining holati o‘rganildi.

💦O‘rganish davomida suv minorasi atrofi obodonlashtirilmaganligi, begona o‘tlar bosib ketganligi hamda inshootning umumiy texnik holati ta’mirtalab ekanligi aniqlandi.

💦Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida suv minorasi atrofini begona o‘tlardan tozalash, hududni obodonlashtirish hamda inshootni ta’mirlash va texnik holatini yaxshilash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

💦O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, suv minorasidan foydalanish xavfsizligi va uning atrofida zarur sanitariya sharoitlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3