35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarovalar tomonidan Uyg‘ur MFY hududida maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilishi, chiqindi tashlash joylarining tozaligi va sanitariya holati o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida hududda aholi sonining ortib borayotgani, maishiy chiqindilar hajmi ham ko‘paygani inobatga olinib, chiqindi yig‘ish infratuzilmasi kengaytirilgani qayd etildi. Hududda 2 ta maishiy chiqindi qutisi mavjud bo‘lgan, aholiga yanada qulaylik yaratish va chiqindilarni tartibli yig‘ishni ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 2 ta maishiy chiqindi qutisi o‘rnatildi.

🔰O‘rganish jarayonida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, chiqindi tashlash joylarining doimiy tozaligini ta’minlash va hududda ekologik madaniyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3