35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📍 “Qo‘qoni” mahallasida ochiq muloqot

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat G.Risqulova “Qo‘qoni” MFY yettiligi va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari yuzasidan fikr va takliflar o‘rganildi.

Shuningdek, mahalladagi obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, infratuzilma va fuqarolarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.

🤝 Xalq bilan ochiq muloqot — muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini topishning muhim omilidir.

Slide 1 of 5