Yangiliklar

Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Tashrif davomida deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida "mahalla yettiligi" faoliyatining samaradorligi va aholi murojaatlari bilan ishlash holati yaqindan o‘rganildi.

O‘rganish va tahlil markazida:
Mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektorining faoliyati hamda hududdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlari ko‘rib chiqildi;
Jinoyatchilik holatini kamaytirish, mahallasida jinoyatsiz muhit yaratish va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida deputatlar tomonidan "Boyovul" MFYda xavfsiz muhitni ta'minlash hamda mahalla drayverlarini rivojlantirish bo‘yicha mas'ullarga zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3