35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI VA YOSHLAR MA’NAVIYATI E’TIBORDA

BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI VA YOSHLAR MA’NAVIYATI E’TIBORDA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati R. Ismoilova hamda huquqshunos X. Muhammadjonov tomonidan tumandagi 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi O‘RQ-139-son “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi, munosib sharoitlarda kamol topishi hamda huquqiy kafolatlarining ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar ishtirokida “Sohibqiron saboqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida buyuk ajdodimiz Amir Temurning hayoti va davlat boshqaruvidagi faoliyati, uning adolat, jasorat, vatanparvarlik va bunyodkorlik tamoyillari haqida fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv yosh avlod qalbida milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni tarixiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 1