35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Profilaktika inspektorining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonun doirasidagi faoliyati tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquq-tartibot organlarining mahallalardagi faoliyati samaradorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-Bandixon saylov okrugi deputati X.Abdimo‘minovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasidagi faoliyatini o‘rgandi.

✅Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni talablari asosida o‘tkazildi. Tahlillar natijasida hudud 2026-yil davomida kriminogen holat bo‘yicha "yashil" toifada saqlanib kelayotgani va jinoyatchilik qayd etilmagani ma’lum bo‘ldi.

✅Shuningdek, 6 nafar probatsiya va 4 nafar profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual-profilaktik tadbirlar, ularni sog‘lom hayot tarziga qaytarish va bandligini ta’minlash choralari tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli amaliy vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 3