Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova tomonidan Amir Temur mahallasi fuqarosining murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘p qavatli uyda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanmay, chala qolib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan aholi vakillari tomonidan e’tirozlar bildirilib, qurilish ishlarining cho‘zilib ketayotgani fuqarolarda norozilik kayfiyatini keltirib chiqarayotgani ta’kidlandi.
✔️Deputat tomonidan fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, mavjud holat yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Qurilish-montaj ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan muammolarga amaliy yechim topish masalalari muhokama qilindi.
✔️Murojaatda ko‘tarilgan masala deputatlik nazoratiga olinib, uning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.