Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 1-sonli "Palwash ataw" saylov okrugidan saylangan deputat A.Ibragimov hamda 6-sonli "Anjan" saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Berdaxov tomonidan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi kutubxona faoliyati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxonadagi kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud adabiyotlar hamda ulardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirish, kutubxona faoliyatini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
Kitob - bilim va tafakkur manbai. Shu bois yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular uchun qulay kitobxonlik muhitini yaratish deputatlar e’tiboridagi muhim masalalardan biridir.