✔️Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev Xo‘jayuz mahallasida bo‘lib, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
✔️Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarning loyihalari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, Bahriddin Hakimov rus tiliga ixtisoslashgan o‘quv markazi tashkil etish, Elmurod G‘afurov esa matematika, arifmetika hamda gumanitar fanlarga ixtisoslashgan o‘quv markazini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Shuningdek, mahallada kambag‘allik reyestrida turuvchi Zarif Ro‘ziqulov, Farhod Vasliddinov, Xurshida Xoliqova hamda Rayhona Musurmonova xonadonlarida bo‘lib, oilalarning ijtimoiy holati va mavjud muammolari o‘rganildi.