Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova I. tomonidan “Billur” MFY hududida yashovchi
86 yoshli fuqaro, texnika fanlari doktori, professor Qudrat Do‘stmuhammad holidan xabar olindi.
✅Fuqaroning murojaati va ehtiyojlari o‘rganilib, uning kundalik harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan nogironlik aravachasi olib berildi.
📝Tashrif davomida professorning holidan xabar olinib, zarur tavsiyalar berildi hamda uni qiynab kelayotgan masalalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
🤝Ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan Qudrat Do‘stmuhammad deputatga va amaliy yordam ko‘rsatganlarga o‘zining samimiy minnatdorligini bildirdi.
✅Bunday ezgu tashabbuslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!