35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI

#162_ta_qonun

📌 KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi tomonidan deputatlik nazoratini samarali amalga oshirishda Kengash so‘rovi muhim huquqiy mexanizm hisoblanadi.
Mazkur infografikada Kengash so‘rovining mazmuni, uni qaysi hollarda chiqarish mumkinligi hamda uning ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan.
Kengash so‘rovi fuqarolar murojaatlari, hududdagi dolzarb muammolar, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, davlat dasturlari va Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlardan zarur axborot hamda tushuntirishlar olish imkonini beradi.
✅ Faol deputat – faol nazorat!
🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida samarali deputatlik nazorati davom etadi.