Sessiya kun tartibidan quyidagi asosiy masalalar o‘rin olgan:
🔹 Shahar mahalliy byudjetining 2026-yilgi shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi shahar hokimligi taklifini ko‘rib chiqish;
🔹 2026-yil 2-mavsumda Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish hamda Jamg‘armadan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish masalasi;
🔹 Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot;
🔹 Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish masalasi.
Sessiyada shahar hayotiga daxldor muhim masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Sizningcha, shahrimizdagi “Tashabbusli byudjet” jarayonlari va ekologik nazoratni kuchaytirish yo‘nalishida qaysi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim?
Fikringizni qoldiring 👉 @margilonmurojaat_bot