Har payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov 2026-yil 27-avgust kuni “Al-Buxoriy” MFY yoshlari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ularning murojaatlari yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirilib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.