️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 16-Qaroli saylov okrugidan saylangan deputat H. Karayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va yengilliklarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlari, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda davlat tomonidan beriladigan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.
⚡️Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularga zarur amaliy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️Bunday o‘rganishlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.