Mahallada aholi uchun qulay va barqaror sharoit yaratish, elektr ta’minotini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida uchta yangi elektr podstansiyasi o‘rnatilmoqda.
Mazkur ishlar natijasida mahalladagi elektr ta’minotining barqarorligi va sifati oshib, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Tuman Kengashi raisi tomonidan hududdagi ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tezkorlik bilan bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Mergan” mahallasidagi bunday amaliy ishlar aholi farovonligini oshirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va mahallani obod maskanga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇