Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, D. Arabova hamda J. To‘rayev Abdulla Qodiriy MFYda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganish davomida hududdagi infratuzilma, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar va aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyida ko‘zdan kechirildi. Mahalla fuqarolari bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan muammolar deputatlarning saylov okrugi muammolari daftariga qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Mazkur deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova mas'ulligida olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati