Qonunga muvofiq, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, ularni himoya qilish hamda davlat organlari tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Vakil o‘z faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquqlarini tiklash hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish vakolatiga ega.
Ushbu qonun mamlakatimizda qulay biznes muhitini yaratish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.