35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌 "Nilufar" oromgohida bolalar salomatligi nazorat qilinmoqda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Romanberganovich Sultonov "Nilufar" yozgi bolalar oromgohida dam olayotgan 4-bosqich tarbiyalanuvchilari salomatligini nazorat qilayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.

🩺 Uchrashuv davomida bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, sanitariya-gigiyena talablari, dori-darmon ta’minoti hamda oromgohda sog‘lom va xavfsiz dam olish uchun yaratilgan sharoitlar muhokama qilindi. Shuningdek, bolalar salomatligini ishonchli nazorat qilish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.