Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Zoirova tomonidan 23–Xalqobod saylov okrugida joylashgan “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Nurobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi mazkur umumta’lim maktabida 413 nafar o‘quvchi tahsil olayotgani hamda ularning sport to‘garaklari bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun maktab hududida mini sport maydonchasini barpo etishga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Qayd etilgan masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish hamda ushbu taklifni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar olib borilishi belgilandi.
Mazkur mini sport maydonchasining barpo etilishi natijasida o‘quvchilar uchun zamonaviy sport infratuzilmasi yaratiladi, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratiladi.