35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bolalar oromgohi faoliyati deputatlar e’tiborida

 Bolalar oromgohi faoliyati deputatlar e’tiborida

⚡️ Yozgi ta’til mavsumida bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, sog‘lom dam olishi hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nodira Baratova va tuman Kengashi deputati Komila Umarova tomonidan Jomboy tumanidagi “Qaldirg‘och” bolalar oromgohiga tashrif buyurildi.

➡️Tashrif davomida oromgoh hududidagi yashash binolari, ovqatlanish shoxobchalari, sport va madaniy hordiq chiqarish maydonchalari, tibbiy xizmat ko‘rsatish holati hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🗺 Deputatlar bolalarning dam olish jarayonlari, ular uchun tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari bilan yaqindan tanishib, oromgohda yaratilgan muhit yuzasidan mas’ullarning axborotini tingladi.

✍️ Shuningdek, oromgoh rahbariyati va mutaxassislar bilan o‘tkazilgan muloqotda bolalarning xavfsizligi, sog‘lom ovqatlanishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda oromgoh faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

🌀 Bolalarning sog‘lom, xavfsiz va mazmunli dam olishini ta’minlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish deputatlar tomonidan doimiy nazoratda bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1