102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 26-Farobiy saylov okrugi deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi U. Shopotixov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida Qo‘shtut mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 102-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida muassasadagi mavjud sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish holati, infratuzilma, moddiy-texnik ta’minot hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar joyiga chiqib o‘rganildi.
🤝 Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish, ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlash.