Yangiliklar

Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan “Keneges” OFY 5-Xamza saylov okrugi hududidagi Oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish olib bordi.

💊 O‘rganish davomida aholiga bepul beriladigan dori vositalarining mavjudligi, ta’minot darajasi, saqlash sharoitlari hamda amaldagi tartiblarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

👥 Mas’ullar bilan dori vositalarini uzluksiz yetkazib berish, ularni belgilangan talablar asosida saqlash va aholiga o‘z vaqtida yetkazish masalalari muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

⚡️ Aholini sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalari bilan ta’minlash ustidan jamoatchilik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6