Mazkur hafta davomida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan:
aholi murojaatlarini o‘rganish;
mahallalarda infratuzilma va "mahalla yettiligi" faoliyatini monitoring qilish;
korrupsiyaga qarshi tadbirlar tashkil etish;
"Dolzarb 90 kun" loyihasi ijrosini o‘rganish;
PQ–62-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib tahlil qilish kabi qator tadbirlar amalga oshiriladi.
Belgilangan vazifalar ijrosi Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olinadi.