Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati To‘rttol mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov o‘zining To‘rttol mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, ularning fikr-mulohazalarini eshitish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, uchrashuvda aholining jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishi, mahallada tinchlik va osoyishtalikni
mustahkamlash, sanitariya va obodonlashtirish tadbirlarini izchil amalga oshirish borasida ham fikr almashildi.
Bunday ochiq muloqotlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda hududlarda mavjud muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 4