Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M. Sayfiddinova hamda tuman Kengashi deputati F. Siddiqov ishtirokida Toyloq tumani Madaniyat mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
Jarayonda aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida fuqarolarning kasb-hunar egallashi, o‘zini o‘zi band qilishi va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.
Mavjud masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook