Yangiliklar

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi deputati D.Boyturayev tomonidan “Oydin” mahallasida fuqarolarning murojaatlari, aholi bandligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan shaxsan yuzma-yuz muloqot tashkil etilib, ularning bandlik, daromad manbalarini kengaytirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda turmush sharoitlarini yaxshilashga oid masalalar batafsil tinglandi.

📊 Shuningdek, hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ham ko‘zdan kechirildi.

🏠 O‘rganish davomida ayrim fuqarolarning xonadonlariga ham borilib, ularning yashash sharoitlari, ehtiyojlari va ijtimoiy holati bevosita joyida o‘rganildi.