Yangiliklar

#Deputat faoilayati

❄️ Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev va K.Xakimovlar tomonidan shahardagi ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda aholi xonadonlarining #Kuz-qish mavsumida isitish tizimi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Monitoring jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔹 Isitish qozonxonalarining barqaror ishlashi, tarmoqlardagi issiqlik energiyasining yo‘qotilishini oldini olish choralari;
🔹 Maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida ichki isitish tizimlarining sozligi, xonalardagi harorat me’yorlariga rioya etilishi;
🔹Isitish tizimidagi nosozliklar yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan shikoyatlarning joyida hal etilishi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar, xususan, ayrim hududlardagi quvurlarning issiqlik izolatsiyasi holatini yaxshilash va qozonxonalarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash masalalari yuzasidan soha mutasaddilariga deputatlik tavsiyalari va ko‘rsatmalari berildi.

Mas'ul mutaxassis I.Omonboyev

Slide 1 of 3