PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qaror doirasida “Bogʻbon” MFYdagi 13-sonli umumtaʼlim maktabida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 220 oʻrinli qoʻshimcha bino hamda zamonaviy sport zali qurilishi jarayonlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganish ishlarida:
Gʻ.Uzoqov—Tuman Kengashi kotibiyati mudiri;
O.Nosirov—Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi;
S.Usmonov—“Madad” NTT mutaxassisi ishtirok etdilar. Ishchi guruh tomonidan qurilish ishlarining borishi, loyiha sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.