Yangiliklar

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov tomonidan "Al-Buxoriy" MFYda yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ta'lim, kasb-hunar egallash hamda ularni qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas'ullar bilan birgalikda aniq vazifalar belgilandi.

Yoshlar bilan ochiq muloqotlar va deputatlik nazorati izchil davom etadi.

Slide 1 of 4