Yangiliklar

Aholiga xizmat sifati – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Xolmurzayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N. Azimova tumandagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish (FHDYO) bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari hamda yaratilgan qulay shart-sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, aholiga yanada sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅ Fuqarolar manfaatini ta’minlash, xizmatlar sifatini oshirish va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 5