Yangiliklar

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bosh mutaxassisi A.Toshtemirov hamkorligida amaliy muloqot va tajriba almashinuvi tadbiri tashkil etildi.

📌 Baxmal tumanida viloyat Kengashi bosh mutaxassisi ishtirokida tajriba almashinuvi boʻlib oʻtdi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bosh mutaxassisi A.Toshtemirov hamkorligida amaliy muloqot va tajriba almashinuvi tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tuman Kengashi kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash va ish yuritish tizimini raqamlashtirish boʻyicha oʻzaro fikr almashilib, viloyat darajasidagi ilgʻor tajribalar oʻrganildi.
Ushbu hamkorlik uchrashuvi tuman Kengashi xodimlarining malakasini oshirish va kelgusidagi ishlar samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4