Yangiliklar

BILARMIDINGIZ?

Doimiy komissiyalar faoliyati orqali:

✅ ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari o‘rganiladi;
✅ ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal soha va infratuzilma holati tahlil qilinadi;
✅ aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolar ko‘rib chiqiladi;
✅ mas’ul tashkilotlar axboroti eshitiladi;
✅ tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan hududdagi dolzarb masalalar muntazam ravishda o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar berib borilmoqda.

Maqsad — Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, muammolarni chuqur tahlil qilish va aholiga daxldor masalalar yuzasidan asosli qarorlar qabul qilishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!