Yangiliklar

Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, ijtimoiy himoya choralari hamda amaliy yordamlarning manzilli va samarali yetkazilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning turmush sharoiti, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy, ijtimoiy va moddiy yordamlar, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1