Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashiga XDP partiyasidan deputat O.Abdireymov Tosh ko‘pir MFY hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, fuqarolarga ajratilgan subsidiyalar, ssudalar va kreditlarning ajratilishi bo‘yicha o‘rgandi. Deputat subsidiyalar ajratilgan fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan suhbatlashdi.