Yangiliklar

Hududdagi muammolar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

Hududdagi muammolar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyakulov M.Eshtemirov MFY hududidagi Mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari S.Tursunov, viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Rahmonovlar ishtirok etib, aholini qiynayotgan muammoli masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartiblar va huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, Mahalla yettiligi a’zolariga mahallaga kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, ularni qonuniy tartibda hal etish hamda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6