Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi va Kengash kotibiyati Kengashning doimiy komissiyalari raislari va kotiblari bilan birgalikda majlis o‘tkazildi.
Yig‘ilish kun tartibida doimiy komissiyalar ish rejalarining to‘liq ijrosini ta’minlash hamda keyingi yarim yillik uchun ish rejasini shakllantirish yuzasidan maslahatlashuv va muhokamalar olib borildi.
Yig‘ilishda tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi R.Torenov ishtirok etib, ish rejalarini shakllantirishda tegishli hamkor tashkilotlardan, siyosiy partiyalardan takliflar olishni aytib o‘tdi.