Qaror bilan belgilangan ustuvor vazifalar:
- Ijtimoiy ob’ektlar va ovqatlanish joylarida SanQ va M 0100-25 talablari asosida tizimli nazoratni kuchaytirish.
- Barcha maktab hojatxonalarini xatlovdan o‘tkazish va belgilangan muddatlarda sifatli ta’mirlash.
- Shifoxona va poliklinikalardagi sanitariya-gigiyena holatini doimiy nazoratga olish va qayta jihozlash
ishlarini yakunlash.
Maqsad: Aholiga qulay va xavfsiz sanitariya sharoitlarini yaratish hamda shahar hududida sanitariya madaniyatini oshirishdir.