Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Izzat Masharipov tomonidan aholi murojaatlari asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.
📍 Manzil: Shovot tumani, "Istiqbol" mahallasi, Madaniyat ko‘chasi (1, 2, 3 va 4-ko‘p qavatli uylar).
⚠️ Muammo: Mazkur hududdagi 80 ta xonadonga xizmat qiluvchi kanalizatsiya tarmoqlari nosoz holatga kelib qolgan. Oqava suvlarning ochiq maydonlarga chiqib ketishi hududda sanitariya-gigiyenik holat yomonlashishiga va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
🚀 Ko‘rilgan chora:
Muammoni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida "Xorazm suv ta’minoti" AJ Shovot tumani filiali rahbariga rasmiy deputatlik so‘rovi chiqarildi.
Unda:
1️⃣ Kanalizatsiya tizimining texnik holatini zudlik bilan o‘rganish;
2️⃣ Aniqlangan nosozliklarni qisqa muddatda bartaraf etish talab qilindi.
✅ Masala ijrosi qonunchilikda belgilangan tartibda (10 kun muddatda) deputat nazoratiga olindi.