Yangiliklar

Qonun ijrosi amalda

  Qonun ijrosi amalda 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir
tuman Kengashi deputati O. Karimov tomonidan Vaximchi mahalla yettiligi
faoliyati bilan yaqindan tanishilib, hokim yordamchi ERJONOV Taxirjon Ozodovichning
ish faoliyati o‘rganildi. Ushbu jarayonda 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-son
“Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun
ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida hududda
energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, aholining bu boradagi xabardorlik
darajasi tahlil qilindi. Aniqlangan holatlar yuzasidan
tegishli tavsiyalar berildi hamda qonun talablarining to‘liq ijrosini
ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
  

Slide 1 of 1