Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda komissiya raisi Z.Mirzayev, komissiya a’zolari, shuningdek, kotibiyat mudiri L.Mamadiyorov va kotibiyat bosh mutaxassisi S.Primovlar qatnashib, kun tartibidagi muhim masalalarni muhokama qildilar.
📋 Asosiy mavzu:
Yig‘ilishda 2026-yil vegetatsiya davrida sug‘oriladigan yer maydonlariga suv limitini belgilash masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅ Maqsad:
Ekin maydonlarini o‘z vaqtida va me’yorida suv bilan ta’minlash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda kelgusi yil hosildorligiga mustahkam poydevor qo‘yish.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar belgilab berildi.