Yangiliklar

Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Akbarova Shoira Uktamovna o‘zi tahsil olgan 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdi.

Tashrif davomida maktab hududida daraxt va manzarali ko‘chatlar ekilib, atrof-muhitni yanada obod qilish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yosh avlodda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1